Kogon va Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Kogon va Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. fuqarolar Z.P. va S.M.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollari va 8,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!