Kiyevda qozog‘istonlik faol o‘ldirildi

Kiyevda qozog‘istonlik faol o‘ldirildi

Qozog‘istonlik muxolifatchi va bloger, BASE axborot kanali rahbari Aydos Sodiqov Kiyevda vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi, jurnalist Natalya Sodiqova xabar berdi.

«Aydos Qozog‘iston uchun jon berdi, qotillar qo‘lida shahid bo‘ldi, o‘n uch kun davomida reanimasiyada o‘z hayoti uchun kurashdi, ammo uning o‘limi To‘qayevning vijdoniga bog‘liq», deb yozdi u Facebook’da.

Aydos Sodiqovga suiqasd 18 iyun kuni uning Kiyevdagi uyi hovlisida sodir bo‘lgan. Ukraina Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, qotil blogger va uning rafiqasi bo‘lgan mashinaga yugurib kelib, Sodiqovga qarata o‘q uzgan. Blogger og‘ir ahvolda kasalxonaga yuborilgan. Uning xotini jabrlanmagan.

Gumonlanuvchilar Qozog‘istonning ikki fuqarosi Oltoy Jakanboyev va Meyram Karatayevdir. Suiqasddan so‘ng ular g‘oyib bo‘lgan, keyin esa Moldovaga ketgan. 22 iyun kuni Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Jakanbayev polisiyaga taslim bo‘lganini ma’lum qildi.

Ukrainada Oltoy Jakanboyev va Meyram Karatayev sirtdan hibsga olinib, xalqaro qidiruvga berilgan. Qozog‘iston rasmiylari allaqachon Sodiqovga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchini Ukrainaga ekstradisiya qilmasligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!