Karantin: Yulduz Usmonova har kuni jonli konsert bermoqda (video)

Karantin: Yulduz Usmonova har kuni jonli konsert bermoqda (video)

O‘zbekiston xalq artisti Instagram orqali har kuni soat 19:30 da jonli konsert beradi. Bu haqda xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Yomon kayfiyatdan o‘zim ham charchadim. Hozir hamma frontga chiqdi, shifokorlar jonini fido qilib, mehnat qilyapti, biz san’atkorlar ham sizlarning kayfiyatingizni ko‘tarish maqsadida har kuni 30—40 daqiqa davomida konsert berib turamiz», — deydi Yulduz Usmonova.

Birinchi konsert dasturi 28 mart kuni taqdim etildi. Yulduz Usmonova konsert repertuarini muxlislar talab va istaklariga ko‘ra tuzib, ularning buyurtmasi bo‘yicha jonli musiqa jo‘rligida qo‘shiq kuyladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!