Karantin hududidan qochib ketganlik uchun qanday jazo bor?

Karantin hududidan qochib ketganlik uchun qanday jazo bor?

Karantin davrida karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarni karantin muddati tugamasdan o‘zboshimchalik bilan tark etish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish hisoblanadi.

❗️Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish fuqarolarga 4 mln 460 ming so‘madan 6 mln 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 mln 690 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Agar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa:
? 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
? 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
? 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
? 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
? 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!