Kapsula ichidan mix chiqdimi? Rasmiylar munosabat bildirdi

Kapsula ichidan mix chiqdimi? Rasmiylar munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kapsula ichidan mix chiqqanligi aytilayotgan dori vositasi haqidagi video yuzasidan Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oshqozon faoliyati buzilganda qabul qilinadigan «Enterofuril» dori vositasi kapsulasidan mix chiqqanligi tasvirga olingan video tarqaldi. Aslida, videoda aytilayotgan voqea bizda emas, balki Qozog‘istonda tasvirga olingan va haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot va farmasevtika nazorati qo‘mitasining xabar berishicha, Qo‘mitaga iste’molchilar, mazkur dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan kompaniya, shuningdek farmasevtika faoliyati sub’ektlari va tibbiyot xodimlaridan «Enterofuril®” dori vositasi kapsulasida biror yot narsalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (yoki shikoyat) kelib tushmagan.

Bosniya va Gersegovinaning «Bosnalek» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan kapsula shaklidagi «Enterofuril ®” dori vositasi Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sohaga oid savollar bo‘yicha doimo muloqotga tayyor ekanligini ma’lum qilib, yuqoridagi videoni tarqatayotgan telegram kanallari ma’murlariga yolg‘on xabar tarqatganga qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini eslatmoqda. Shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shartligini eslatib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!