Rossiya TIV: Uch tomonlama bayonot dolzarbligicha qolmoqda

Rossiya TIV: Uch tomonlama bayonot dolzarbligicha qolmoqda

Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama bayonot hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda, unga muqobil yo‘q. Bu haqda «Report» ga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«2020-2022 yillarda imzolangan uch tomonlama shartnomalar majmuasi hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Rossiya Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini barcha yo‘nalishlarda normallashtirish jarayoniga, jumladan, mintaqaviy transport kommunikasiyalarini ochish, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik bitimi shartlarini ishlab chiqish, shuningdek, chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilishda yordam berishga tayyor. Biz Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston bosh vazirlari o‘rinbosarlari hamraisligidagi Uch tomonlama ishchi guruhi doirasidagi aloqalarni faollashtirish tarafdorimiz. Janubiy Kavkazda transport kommunikasiyalarini ochish uchun muqobil ishonchli mexanizm yo‘q», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!