Kam uyquning yangi xavfi ma’lum qilindi

Kam uyquning yangi xavfi ma’lum qilindi

Kaliforniya shtati Berkli universitetining olimlari aniqlashicha, uyqu bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan kishilar o‘zini yolg‘iz his qilishadi va boshqalar bilan muloqot qilishdan qochishadi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Tadqiqotda normal tungi uyqu va uyqusizlikdan tekshiruvdan o‘tkazilgan 18 nafar yoshlar ishtirok etdi. Har bir holatda, tekshiriluvchilar keyingi kun video tomosha qildilar, unda yuzi neytral ifodada bo‘lgan kishi kameraga yaqinlashdi. Ko‘ngillilar ruhiy bezovtalikni sezishganida, videoni to‘xtatadigan tugmachani bosishlari kerak edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ishtirokchilar uyqusiz kechadan so‘ng tugmani normal uyqu holatidan ko‘ra ko‘proq bosishgan. Bundan tashqari, miyani skanerdan o‘tkazish natijalari shuni ko‘rsatdiki, yomon uxlaganlarning miyasida ehtimoliy tahdidlarga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan neyron zanjir ishga tushgan. Ijtimoiy munosabatlarni ta’minlovchi miyaning boshqa qismi, aksincha, kamroq faol bo‘lgan.

Tadqiqotning ikkinchi qismida mingdan ortiq kuzatuvchilar ishtirokchilar uyqusizlikdan aziyat chekayotganini bilmagan holda tajriba yozuvini ko‘rishgan. Ularning fikriga ko‘ra, sinovda ishtirok etganlar boshqalar bilan muloqot qilishdan qochuvchi yolg‘iz odamlar bo‘lgan.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!