Kaliforniyada qotillik: taxminan 12 kishi o‘ldi

Kaliforniyada qotillik: taxminan 12 kishi o‘ldi

Ventura shtati sherifining xabariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun Kaliforniyaning janubiy qismida kollej talabalari bilan to‘lgan bar o‘qqa tutildi. Natijada 12 nafar odam vafot etdi.

Ventura shtati sherifi Jef Dinga ko‘ra, payshanba kuni Los-Anjelesdan 50 km uzoqlikda joylashgan Thousand Oaks shtatidagi Borderline Bar & Grill baridagi voqeadan keyin yana o‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.

“Bu yer juda dahshatli ko‘rinishda, hamma joy qonga belangan”, dedi Jef Din.

Polisiya tomonidan, qotil aslida 28 yoshli Yan Devid Long ekanligi aniqlangan. U bar ichida o‘lgani xabar qilindi.
Dinning aytishicha, qotil Long 45 kalibrli Glock 21 pistoleti bilan qurollangan. U barchaga o‘t ochishdan avval tutunli bomba ishlatgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!