Jonni Depp "Instagram"da. Uning foydalanuvchilari soni 3 milliondan oshdi

Jonni Depp "Instagram"da. Uning foydalanuvchilari soni 3 milliondan oshdi

Taniqli Gollivud aktyori Jonni Depp "Instagram"da ro‘yxatdan o‘tdi. Bir sutka ichida uning sahifasiga ikki million kishi obuna bo‘ldi. Aktyor bunga qadar hech qaysi ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmagan edi.

«Hammaga salom. Sizlar uchun qiziqarli narsa tayyorlayapman. Menga bir daqiqa bering», — deb yozdi Depp o‘zining birinchi posti ostiga.

Aktyorning birinchi posti 1,2 milliontadan ortiq «layk» to‘plagan. Unga 88,5 ming kishi izoh qoldirgan.

Keyinroq Depp folloverlariga 8 daqiqalik videoni taqdim etdi. Aktyor ushbu videoda ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lishi sababini aytgan. 

«Men avval hech qachon bunday qilmagandim. Hozir esa muloqot qilish payti keldi. Sababi ushbu ko‘rinmas dushman xavfi fojialarga olib kelmoqda va ko‘plab insonlarni hayotdan olib ketdi», — deydi Jonni Depp.

Aktyor, shuningdek, bu murakkab davrda insonlarni bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga hamda ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishga chaqirdi.

Video qariyb 4,5 million marta tomosha qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!