Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi. Haydovchi kuyib, kasalxonaga yotqizildi

Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi. Haydovchi kuyib, kasalxonaga yotqizildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 10 avgust kuni «GAZ-52» yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Voqea tumanning Suloqli mahallasi hududida yuz bergan. «Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan», — deyiladi vazirlik axborotida.

Xabar berishlaricha, yong‘in oqibatida avtomashinaning motor va salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida kuygan haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!