Jizzaxda yana bir oila iz gazidan zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Jizzaxda yana bir oila iz gazidan zaharlandi, bir kishi vafot etdi

15.11.2019 yil soat 14:30 larda Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasida yashovchi R.R., turmush o‘rtog‘i U.R. hamda farzandi SH.R. lar yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda SH.R. lar shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!