Jizzaxda diniy ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

Jizzaxda diniy ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

Jizzax viloyatida yashovchi diniy ekstremistik oqim tarafdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, S.A. (1995 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan) ma’lum vaqt davomida diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni uyali telefoni orqali muntazam ravishda tarqatib kelgan. U Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerida akkaunt yaratib, u orqali ekstremistik ruhdagi materiallar xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan.

Viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida S.A. qo‘lga olinib, uning mobil telefoni prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar to‘liq aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.

Hozirda fuqaroga nisbatan mutasaddi idora xodimlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!