Jizzax shahrida yer ajratish haqidagi hujjatlar ilovasiga fuqaroni ro‘yxatga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jizzax shahrida yer ajratish haqidagi hujjatlar ilovasiga fuqaroni ro‘yxatga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Yermulkkadastr sobiq xodimi S.B. va boshqalar oldindan til biriktirib, Jizzax shahrida yashovchi fuqarolarning uy-joylari buzilishi munosabati bilan kompensasiya sifatida 6 sotixdan yer ajratish to‘g‘risidagi hokim qaroriga ilova qilingan ro‘yxatni qalbakilashtirish orqali fuqaro A.ni ro‘yxatga kiritib berishni 8,5 mln so‘mga kelishib, shundan muqaddam 500 ming so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!