Janubiy Koreyada avtomashina olomon ustiga haydashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada avtomashina olomon ustiga haydashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada 1 iyul kuni avtomobil haydovchisi olomon ustiga nazoratsiz tarzda transport vositasini haydab borishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Koreya mahalliy nashrlariga tayanib, BBC xabar berdi.

Hodisa mamlakat poytaxti Seul shahrida yuz bergan. Rasmiylar halokat 1 iyul kuni soat 21:30 da sodir bo‘lganini xabar bergan.

Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, 60 yoshlar atrofidagi erkak mashinasini to‘xtash joyida turgan piyodalar ustiga haydagan — 9 kishi hodisada halok bo‘lib, yana 4 kishi jiddiy yaralangan.

Polisiya voqea yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini xabar bergan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirilgan.

Rasmiylar voqea Seul shahri hokimiyati yaqinidagi chorrahada sodir bo‘lganini tasdiqlagan. Voqea joyida qo‘lga olingan haydovchi polisiyaga mashina to‘satdan tezlashganini aytgan. Olti kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch kishi olgan jarohatlari oqibatida keyinchalik kasalxonada vafot etgan.

Seul polisiyasi 68 yoshli haydovchining hodisani qasddan sodir etgani ehtimolini tekshirayotganini ma’lum qilgan. Avtomobilda texnik nosozlik va shunga o‘xshash muammolar bo‘lmagan. Qasddan odam o‘ldirish ayblovi o‘z tasdig‘ini topsa, haydovchiga butun umrlik qamoq jazosi va katta miqdorda tovon puli to‘lash tartibi tayinlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!