Jahongir Ortiqxo‘jayev: “25 yil uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otaylik”

Jahongir Ortiqxo‘jayev: “25 yil uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otaylik”

21 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida “Toshkent shahrini rivojlantirish va investisiyalarni jalb qilish”ga bag‘ishlangan “ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Tadbirni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ochib berdi.

“Safimizga borgan sari yangi tadbirkorlar va investorlar qo‘shilmoqda. Maqsadimiz bitta - shaharni rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash. Ancha yillar, deyarli, 25 yil davomida uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otish.

Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos - loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilishga tushirib, qurishni rejalashtirmang. Bizning bir shiorimiz bor - sizlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash”, - dedi J.Ortiqxo‘jayev.

Tadbirda 100dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnashdi. Toshkent shahar hokimi har bir tadbirkor va investor bilan shaxsan suhbatlashdi. Ularning loyihalari bilan tanishdi.

Manba: kun.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!