Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B. va SH.S. Qarshi tumani, "Bog‘obod" mahallasi hududidagi omborxonani ijaraga olib, "Russkaya", "Zerno" va "Kolos" nomli qalbaki aksiz markali jami 2 491 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!