Janubiy Koreya rahbari tug‘ilish muammosiga bag‘ishlangan vazirlik tashkil etishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya rahbari tug‘ilish muammosiga bag‘ishlangan vazirlik tashkil etishni rejalashtirmoqda

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol tug‘ilish darajasini milliy inqiroz deb atadi va ushbu muammoga bag‘ishlangan vazirlik yaratish rejasini e’lon qildi. Uning so‘zlarini Yonhap agentligi keltirmoqda.

«Milliy favqulodda holat deb atash mumkin bo‘lgan past tug‘ilishni engish uchun biz davlat salohiyatini to‘liq safarbar qilamiz», dedi u.

Dastlabki rejalarga ko‘ra, bo‘lim tug‘ilishning past darajasi siyosatini rejalashtirish vazirligi deb nomlanadi. Uning rahbari, shuningdek, Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini ham egallaydi. Janubiy Koreya yetakchisi ko‘pchilik muxolifat nazoratida bo‘lgan Milliy assambleyani tegishli normalarni o‘zgartirishda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Koreya Respublikasida tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti – bir ayolga uning umri davomida o‘rtacha tug‘ilganlar soni 2023 yilning to‘rtinchi choragida 0,65 ni tashkil etdi. Bu mamlakat va dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichdir. Aholining tabiiy ko‘payishi uchun 2,1 koeffitsiyen


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!