Bayden, agar Isroil Rafahda harbiy operasiya boshlasa, unga ayrim turdagi qurollar yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi

Bayden, agar Isroil Rafahda harbiy operasiya boshlasa, unga ayrim turdagi qurollar yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi

Baydenning aytishicha, Rafah operasiyasi “noto‘g‘ri”.

"Men aniq aytdimki, agar isroilliklar Rafahga kirsa - ular hali buni qilmadi - men ularga tarixan bunday operasiyalar uchun foydalaniladigan qurollarni bermayman", —deya ta’kidladi Amerika rahbari chorshanba kuni CNN telekanaliga intervyusida.

Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar Isroilga mudofaa qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni, xususan, “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi uchun yetkazib berishda davom etishiga ishontirdi.

Avvalroq AQSh Isroilga og‘irligi 907 kg bo‘lgan 1800 ta va 226 kilogrammli 1700 ta bomba yetkazib berishni kechiktirgani ma’lum bo‘lgan edi. Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida G‘azo sektorida bunday bombalardan foydalanish natijasida tinch aholi halok bo‘lganini aytdi. AQSh prezidenti SAHAL bu bombalardan Rafahga hujum paytida foydalanishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi The New York Times manbalarga tayanib. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Isroilga bunday bombalar uchun yo‘naltirish tizimlarini yetkazib berishni to‘xtatish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!