Malayziya palma yog‘i sotib oluvchi mamlakatlarga qo‘shimcha sovg‘a tayyorladi

Malayziya palma yog‘i sotib oluvchi mamlakatlarga qo‘shimcha sovg‘a tayyorladi

Malayziya Xitoyning “Panda diplomatiyasi”ga o‘xshash “Orangutan diplomatiyasi” tashabbusi doirasida palma yog‘i sotib oluvchi mamlakatlarga orangutanlarni hadya qiladi, dedi mamlakat savdo vaziri Johariy Abdul G‘ani ijtimoiy tarmoqda.

Pekin ancha vaqtdan beri “Panda diplomatiyasi”dan yumshoq kuch shakli sifatida foydalanib keladi. Xitoy tinchlik va do‘stlik ramzi sifatida sherik davlatlarga bir juft panda berish bo‘yicha azaliy imperiya an’anasini davom ettirmoqda. Faqat xorijiy hayvonot bog‘lari Xitoyda naslchilik dasturiga qo‘shilishi uchun panda avlodlarini tug‘ilgandan keyin bir necha yil ichida qaytarishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!