2024 yilning apreli kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

2024 yilning apreli kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

Evropa iqlim xizmati Copernicus hisobotiga ko‘ra, 2024 yil apreli butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq aprel oyi bo‘ldi, meteorologlar ketma-ket 11-oy harorat rekordini qayd etdi.

Copernicus`ning ma’lum qilishicha, aprel oyida sayyora yuzasida o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 15,03 darajani tashkil qilgan — bu 2016 yil aprelida o‘rnatilgan avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan 0,14 darajaga yuqori.

Oxirgi 12 oy davomida (2023 yil may — 2024 yil aprel) global o‘rtacha harorat ham tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Bu 1850−1900 yillardagi sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,61 daraja yuqori bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!