Isroil qo‘shini ikki falastinlik baliqchini hibsga oldi

Isroil qo‘shini ikki falastinlik baliqchini hibsga oldi

Isroil qo‘shini shanba kuni ertalab G‘azo sohillarida ikki nafar falastinlik baliqchini qamoqqa oldi.

Falastin qishloq xo‘jaligi ishlari qo‘mitalari federasiyasi bergan bayonotda aytilishicha, aka-uka baliqchilar Muhammad va Karim Abu Hasan sohildan 3 mil uzoqlikda o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlarida qamoqqa olinganlar.

Ular hibsga olinganlaridan so‘ng baliq ovlash kemasi va ovchilik buyumlari musodara qilingan.

Isroil qo‘shinidan mazkur holat bo‘yicha bayonot berilmagan.

G‘azodagi Falastin mas’ullaridan biri: “Isroil qo‘shini deyarli har kuni baliqchilarning kemalari tomon o‘q uzadi. Ularni jarohatlaydi va ta’qiqlangan yerda ov qilish bilan ayblab qamoqqa olib keladi”, deb aytgan.

Isroil hukumati o‘tgan iyul oyida falastinlik baliqchilarga ov qilishga ruxsat berilgan hududni 9 mildan 3 milga qisqartirgan edi.

Eng ko‘p ishsizlik darajasi bilan dunyoning eng zich aholi joylashgan hududlardan biri hisoblangan G‘azo sohilida qariyb 4 ming kishi baliq ovlash bilan shug‘ullanadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!