Iroqlik yoshlar nega o‘z joniga qasd qilmoqda?

Iroqlik yoshlar nega o‘z joniga qasd qilmoqda?

Neftga boy Iroqda yoshlar ish topishga qiynalyapti. O‘tgan yil oktyabrdagi norozilik namoyishlarining asosiy sabablaridan biri aynan ishsizlik edi. Hukumat muammoni hal qilmadi, noroziliklarga esa kuch bilan javob qaytardi, deya yozadi The New Arab nashri. 

Ayni paytga kelib, iroqlik yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortgan va tahlilchilar buni iqtisodiy tanglik bilan izohlamoqla. 

BMT ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida 298 nafar iroqlik o‘zini o‘ldirgan. Shundan 68 ta holat poytaxt Bag‘dodga, 39 tasi Basraga to‘g‘ri keladi. Rasmiy statistikaga qaraganda, Iroqda 2003 yildan beri o‘z joniga qasd qilish holatlari ikki baravar ortgan. 

Kishining o‘zini o‘ldirishi bir qator sabablar, jumladan, shaxsiy va ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq. Biroq Iroqda iqtisodiy muammolar doimiy ijtimoiy umidsizlikning manbaiga aylandi: oxirgi o‘n yilda ishsizlik darajasi muntazam o‘sib bordi, 2017 yilda ISHID yengilgandan keyin mamlakat jiddiy muammolarga duch keldi.  

“Oilaviy va iqtisodiy muammolar, bunga qo‘shimcha ravishda oxirgi paytda koronavirus pandemiyasi tufayli ruhiy bosim Iroqda o‘z joniga qasd qilish holatlari ortishiga olib keldi, – deydi Inson huquqlari bo‘yicha komissiya a’zosi Ali al-Bayotiy. – Bundan tashqari, ruhiy salomatlikka e’tibor ham, hukumatning bu muammoni hal qilish uchun rejasi ham yo‘q. Oqibatda o‘z joniga qasd qilishga turtki beradigan psixologik muammolar ortdi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!