Iqtisodiy sudlarning 2019 yilning 9 oyi davomidagi faoliyati haqida axborot

Iqtisodiy sudlarning 2019 yilning 9 oyi davomidagi faoliyati haqida axborot

2019 yilning to‘qqiz oyi mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 140 050 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Shunda da’vogarlar foydasiga 8,9 trln. so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,7 foizga kamaygan.

O‘tgan davrda eng ko‘p iqtisodiy ishlar Toshkent shahar, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rib, hal etilgan.

Taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta’sirchanligini oshirish maqsadida nizo tartibida ko‘rilgan ishlarning salmoqli qismi, ya’ni 89 807 tasi bevosita joylarda, ya’ni sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 2 637 tasi videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, natijada taraflarning 1,8 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘lari tejab qolindi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 22 674 ta iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi hamda ular foydasiga 970,7 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.

Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini kontraktasiya, mahsulot yetkazib berish, kredit, kommunal va haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlar tashkil etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 500 ta shikoyat va protestlar ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 256 ta qaror bekor qilindi va 92 ta sud qarorlari o‘zgartirildi.

 

 

Aziz Obidov,

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi rasmiy vakili


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!