“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi

“Iphone 14pro” sotiladi deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.900.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 27 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. “Telegram” messenjeri orqali “Iphone 14pro” sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.T. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 1.900.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!