Indoneziyada O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvlarni 1 milliondan ortiq oila tomosha qildi (video)

Indoneziyada O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvlarni 1 milliondan ortiq oila tomosha qildi (video)

Bahorda Indoneziyaning NetTV telekanali suratga olish guruhi O‘zbekistonga kelib, «Musulmon sayohatchilar» rukni doirasida «O‘zbekistonning ajoyib shaharlarini kashf eting» hamda «Samarqand, O‘zbekiston» ko‘rsatuvlarini tasvirga oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi «Daryo»ga xabar berdi.

Ushbu dasturlarning har birini Indoneziyada bir milliondan ortiq oilalar tomosha qilgan. Indoneziya jamoatchiligi Markaziy Osiyodagi islom sivilizasiyasi markazlari haqidagi filmni iliq kutib oldi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohati chog‘ida teleko‘rsatuv boshlovchisi Shaza Belladona va uning hamkasblari Toshkent va Samarqandga tashrif buyurdi, Chimyon tog‘lariga chiqdi. O‘zbekiston hayoti, turmushi, madaniyati va me’morchiligi ko‘rsatib berildi.

Film mualliflari  so‘nggi vaqtlarda o‘zgacha sur’atlar bilan rivojlanayotgan ziyorat turizmiga alohida urg‘u berdi.

Indoneziyalik telejurnalistlarning sayohati O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!