Ikki bokschimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Ikki bokschimiz xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy "Stranja" turniri o‘z yakuniga yetdi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bobousmon Baturov va Bahodir Jalolov o‘z vazn toifalarida tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbot etib, oltin medalni qo‘lga kiritdilar.

🥇 -69 kg vaznli bokschimiz, Bobousmon Baturov finalda ukrainalik Yevgeniy Barabanovga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
🥇 +91 kg vazn toifasida esa Bahodir Jalolov final bosqichida ukrainalik Sonte Rogavaga qarshi jang qilib, murosasiz kechgan jangda 4:1 hisobida g‘olib deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!