Hozirda insultga chalingan bemor 30 kun kasalxonada karantinda bo‘lishi rostmi?

Hozirda insultga chalingan bemor 30 kun kasalxonada karantinda bo‘lishi rostmi?

Bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Aytishlaricha, shu kunlarda insult bilan  kasalxonaga yotqizilganlarning qarindoshlariga bemorning ahvoli barqarorlashganda uyga olib ketish yoki kasalxonada koldirilganda 30 kun karantinda bo‘lishini ta’kidlashyapti ekan. Shu to‘g‘rimi?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, karantin muddati 14 kunlik izolyasiyani tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!