Hokimlardan biri mergan qurboni bo‘ldi

Hokimlardan biri mergan qurboni bo‘ldi

Filippinda shahar hokimlaridan biri mergan tomonidan otib o‘ldirildi. Qotillik Tanauan shahri markazida Milliy bayroq kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar chog‘ida sodir etilgan. 

Tanauan shahri hokimi Antonio Haliliy ko‘kragidan bir marta o‘q uzish bilan o‘ldirilgan, deya ma’lum qilganpolisiya vakili Renato Merkado CNN telekanaliga bergan intervyusida. Ushbu jinoyat sodir etilgan vaqtda olingan videolavhalar esa, qotilgan ro‘y berganida odamlarning qanday vahimaga tushganidan darak beradi. 

Unda Haliliy milliy bayroq ko‘tarilayotgan vaqtda hokimiyat ishchilari bilan bir safda turgani va birgalikda davlat madhiyasini kuylayotgani aks etgan. Kamera boshqa tomonga yo‘naltirilganidan so‘ng, biroz vaqt o‘tgach, bitta o‘q ovozi eshitilgan hamda ayol kishining "oh my God" (voy, Xudoyim) degani muhrlangan. 

Hokimiyatning ushbu fojiani videotasvirga olgan xodimi Geri Larezmaga ko‘ra, shahar hokimi bu voqeaga qadar ham bir necha marta jinoyatchilikka qarshi keskin pozisiyasi uchun tahdidlar olgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!