Hindlar O‘zbekistonda genetik o‘zgartirilgan o‘simlik urug‘lari yetishtirishadi

Hindlar O‘zbekistonda genetik o‘zgartirilgan o‘simlik urug‘lari yetishtirishadi

Hindistonning Nath Bio-Gens kompaniyasi O‘zbekistonda urug‘chilik klasterini tashkil etish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz.

Bu to‘g‘rida hinb kompaniyasi vakillari bilan Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida memorandum imzolangan.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston tomon davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida urug‘ yetishtirish hamda urug‘chilik klasterini tashkil etish uchun yer maydoni ajratadi.Hindistonlik mutaxassislar esa mahalliy ekinlarning yashovchan navlari, shuningdek, mamlakatimiz uchun gibrid navlarni yaratish imkoniyatlarini o‘rganadi.

Nath Bio-Gens kompaniyasi zamonaviy tizimni tashkil etish, urug‘ni yetishtirib chiqarishdan boshlab uni savdoga chiqarishgacha bo‘lgan bir qancha bosqichlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritadi. Shuningdek, hindlar urug‘larning yangi navlarini yaratish va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivoji uchun xizmat qiluvchi urug‘ ishlab chiqarishni tijoratlashtirishning mexanizmini tashkil etadi.

podrobno.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!