Hindistondagi to‘yda fojia: 45 kishi jarohat oldi

Hindistondagi to‘yda fojia: 45 kishi jarohat oldi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida to‘y avtobusi ag‘darilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohat oldi.

Bu haqda “Hindustan Times” xabar bermoqda.

Mahalliy polisiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lishiga ruxsat etilgan tezlikdan oshirib harakatlanish natijasida haydovchining boshqaruvni yo‘qotib qo‘yganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shtat aholisi 46 yo‘lovchiga avtobusdan chiqishga yordam berishgan va jabrlanganlar Bargi shahridagi birlamchi tibbiy yordam markaziga yuborilgan. Afsuski, 65 yoshli ayol Ram Bay Gupta olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, avtofalokat natijasida 25 nafargacha odam jiddiy jarohat olgan, ular viloyat markaziga yuborilgan.

Avtobus haydovchisi esa avtohalokatdan keyin qochib ketgan, polisiya uni qidirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!