Hindiston Xitoyning yana 43 dasturini bloklab qo‘ydi

Hindiston Xitoyning yana 43 dasturini bloklab qo‘ydi

Hindiston hukumati mamlakat suvereniteti, davlat xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazishi mumkinligi sababli Xitoyning 43 mobil ilovasini to‘sib qo‘ydi.

Bu haqda Hindiston elektron va axborot texnologiyalari vazirligi xabar berdi.

"Hindistonning elektron va axborot texnologiyalari vazirligi bugun buyruq chiqardi... 43 ta mobil ilovalarga kirishni taqiqladi", deyiladi xabarda.

Taqiqlangan dasturlarning aksariyati Xitoyning ulkan chakana savdo giganti “Alibaba Group”ga tegishlidir – “AliSuppliers”, “AliExpress”, “Alipay Cashier” va boshqalar.

Ta’kidlanishicha, ushbu harakat "Ichki ishlar vazirligining Hindiston kiberjinoyatchilikni muvofiqlashtirish markazidan olingan keng qamrovli hisobotlar" asosida amalga oshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Hindiston yozdan beri 150 dan ortiq Xitoy dasturlarini bloklab qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!