GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi

A A A
GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati monitoring davomida aniqlangan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan “Qashqadaryo Avtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi.

Avtosalon faoliyati, shuningdek, avtomobillar saqlanayotgan omborxonalarda aniqlangan qoidabuzarliklar kelishuv bekor qilinishiga olib keldi, deyiladi GM Uzbekistan rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Joriy yilning yanvar oyidan hozirgi davrga qadar GM Uzbekistan kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan “Qashqadaryo Avtotexxizmat” MCHJ dilerlik korxonasi faoliyatiga doir 420 murojaat kelib tushgan. Shundan 117 murojaat dilerlik korxonasining mijozlarga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz harakatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, 10 murojaatda mijozlar tomonidan “Qashqadaryo Avtotexxizmat” MCHJ xodimining korrupsion harakatlariga oid dalillar keltirilgan.

Avtomobillar sotishni hisobga olishga doir hujjatlar o‘rganilganda dilerlik korxonasi va mijoz o‘rtasida imzolanmagan shartnomalar mavjudligi aniqlandi. Shartnomalar va boshqa hujjatlar o‘rganilganda mijozlarning imzolari haqqoniy emas deb gumon qilindi. Ushbu hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash maqsadida ekspertiza uchun tegishli idoralarga taqdim etiladi.

Avtomobili hali berilmagan 487 ta shartnomalar o‘rganilganda mijozlar imzosi bo‘lmagan 47 ta shartnoma borligi aniqlangan. Dilerda mavjud avtomobillar hisob-kitob qilinganda omborda ortiqcha saqlanayotgan avtomobillar mavjudligi ham ma’lum bo‘lgan.

Avtomobilini kutayotgan ayrim xaridorlarga qo‘ng‘iroq qilinganda ularga avtomobillari salonga yetkazilganligi haqida ogohlantirilmaganliklari kuzatilgan. Bundan tashqari, ayrim xaridorlar 2018 yilning 10 sentyabridan 6 noyabriga qadar GM Uzbekistan aksiyasi doirasida “Spark“ avtomobilini xarid qilgan xaridorlarga velosipedlar olish uchun vaucher berilmaganligi qayd etilgan.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!