GM Uzbekistan ikki kunlik “ochiq osmon ostidagi savdolar”da 100 dona avtomobil sotdi

A A A
GM Uzbekistan ikki kunlik “ochiq osmon ostidagi savdolar”da 100 dona avtomobil sotdi

GM Uzbekistan 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da respublika bo‘ylab 100 dona avtomobil sotdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shulardan 38 dona “Cobalt“, 30 dona “Lacetti“, 28 dona “Spark“ va 3 dona “Nexia“ avtomobillari sotilgan.

Savdo bo‘yicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qo‘qon hamda Farg‘ona shaharlarida qayd etildi.

Bundan tashqari, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona “Malibu“ avtomobili ham sotildi. Eslatib o‘tamiz, “Ochiq osmon ostidagi savdolar”iga qo‘yilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi bo‘yicha sotuvga qo‘yildi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!