Fransiya Google va Amazon kompaniyalariga jarima soldi

Fransiya Google va Amazon kompaniyalariga jarima soldi

Fransiyaning informatika va fuqarolik erkinliklari bo‘yicha komissiyasi Amerikaning Google va Amazon internet-kompaniyalariga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan cookie -fayllarni ularning roziligisiz foydalanganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

«Google» 100 million yevro va «Amazon» 35 million yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Fransiya qonunlariga ko‘ra, internet-saytlar foydalanuvchilarga saytda cookie -fayllar orqali ma’lumotlar yig‘ilayotganligi to‘g‘risida xabar berishlari va ushbu ma’lumotlarning qaysi maqsadda yig‘ilishiga aniqlik kiritishlari shart.

Qoidaga ko‘ra, internetda reklama xabarlarini joylashtiradigan internet kompaniyalari ushbu fayllar orqali ma’lumot olishadi. cookie -fayllar foydalanuvchining qaysi saytlarga kirishi haqida ma’lumotni, uning qiziqishlari va so‘rovlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilishiga imkon beradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!