Farg‘ona viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugun Farg‘ona viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Prezident Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Prezident farmoni bilan bugungi kunga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Bozorov Xayrullo Hayitboyevich  Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!