Eronda xorijliklar pasportlariga kelganlik haqida belgi qo‘ymaslik taklif qilinmoqda

Eronda xorijliklar pasportlariga kelganlik haqida belgi qo‘ymaslik taklif qilinmoqda

Eron hukumatida AQSh sanksiyalari sababli xorijliklar pasportlariga mamlakatga kelganlik haqida belgilar qo‘ymaslik taklif qilindi. Bu haqda Eron sayyohlik tashkiloti rahbari Ali Asqar Munasan ma’lum qildi.

Munasanning aytishicha, tegishli qonun loyihasini uning o‘zi, tashqi ishlar vazirligi, sanoat va savdo vazirligi va polisiya ma’qullagan. Biroq bu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun uni Eron vazirlar kengashi ma’qullashi lozim. 

Munasanning ta’kidlashicha , oxirgi 4 oy ichida Eronga kelgan sayyohlar soni 38 foizga oshgan, biroq ular orasida yevropaliklar ulushi kamaygan, bu esa 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar ishiga salbiy ta’sir qilgan.

Vashington va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanidan keyin keskinlashib ketdi. AQSh avgustda Eronga qarshi sanksiyalari amal qilishini yana tikladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!