Erdo‘g‘on: Saudiya Arabistoni rasmiylari, boshqalar jurnalistning o‘limi aks etgan yozuvlarni tingladilar

Erdo‘g‘on: Saudiya Arabistoni rasmiylari, boshqalar jurnalistning o‘limi aks etgan  yozuvlarni tingladilar

Saudiya Arabistoni, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya rasmiy kishilari Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligida Jamol Qoshiqchini o‘ldirilishi bilan bog‘liq audio yozuvlarni tingladilar, deya, bunday audio yozuvning borligini ommaviy tarzda tan olinganligi xaqida shanba kuni Turkiya prezidenti bayonot berdi- deb xabar bermoqda The Associated Press.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, jurnalistlarga, Saudiya Arabistoni 2 oktyabr kuni The Washington Post gazetasining jurnalisti o‘ldirilishi uchun javobgar bo‘lganlarga nisbatan "adolatli xarakat qilishi" kerakligini va "shubhalar" dan qutulish kerakligini aytdi.
"Biz ularga audio yozuvlarni berdik. Ularni Saudiya Arabistoniga, Amerikaga, nemislarga, fransuzlarga, inglizlarga berdik ", dedi Erdog‘an, Birinchi jahon urushining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish uchun Parijga jo‘nab ketishdan oldin.

"Ular (Saudiya rasmiylari) ham suhbatlarni tinglashdi va ular biladilar. Buni o‘zgartirishning hojati yo‘q. Ular 15 nafarning ichida va qotil qaysi biri ekanini aniq bilishadi” dedi Erdog‘an.

Erodog‘an 15 nafar deganda, gumonlanayotganlarni nazarda tutgan bo‘lib, Turkiyaliklarning fikriga ko‘ra, o‘shalar konsullikga uylanish bilan bog‘liq hujjatlarini olib ketgani kelgan Qoshiqchini o‘ldirishgan.
O‘tgan oyda Turkiyaga tashrif buyurgan Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jina Xaspel, qotillikning audio yozuvlarini eshitganligi to‘g‘risida xabar qilingan. Yozuvlarning mavjudligi ommaviy axborot vositalariga tarqatildi, ammo haligacha ochiq tasdiqlanmagan edi.
Turkiya, Saudiya Arabistoni qiroli shahzoda Muhammad bin Salmanni tanqid qilgan Qoshiqchi, konsullikda qasddan bo‘g‘ilib o‘ldirilgan va jasadi bir necha qismlarga bo‘lib tashlangan. Ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, uning tanasi kimyoviy yo‘l bilan eritib yuborilgan bo‘lishi mumkin.

Turkiya, Saudiya Arabistonida hibsga olingan 18 nafar gumonlanuvchini ekstradisiya qilishni talab qilmoqda va Turkiyada sudini o‘tkazmoqchi. Ularga qatoriga taxmin qilinayotgan 15 nafar qotillar otryadi a’zolari kiradi.

Saudiya Arabistoni Qoshiqchi o‘ldirilgandan keyin bir necha hafta davomida o‘z bayonotini o‘zgartirmay turdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, Qoshiqchi konsullikda chiqib ketib, janjal oqibatida vafot etdi deyish bo‘lgan.

O‘tgan oyda Saudiya Arabistoni Qoshiqchi qotilligi qasdan sodir bo‘lganligini tan olib, xalqaro hamjamiyat g‘azabini biroz yengillashttirmoqchi bo‘ldi.

Saudiya hukumati bu suiqasdni agentlarining o‘z vakolatlarini suiste’mol qilish oqibati deb tavsifladi. Shunga qaramay, suiqasdga aloqador shaxslarning ba’zilari valiahd shahzodaning xorijiy safarlarida hamrohlik qilgan, shu jumladan Qoshiqchi qotilligi oldidan konsullikda kuzatilgan shaxslar bo‘lgan.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!