Erdo‘g‘an turk harbiylarini Ozarbayjonga yuborishni buyurdi

Erdo‘g‘an turk harbiylarini Ozarbayjonga yuborishni buyurdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonga harbiy xizmatchilarni yuborishni buyurdi. Farmon yaqin kunlarda mamlakat parlamentida ko‘rib chiqiladi.

Anadoluning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning vazifasi Turkiya-Rossiya kuzatuv markazi doirasida Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish.

Avvalroq, Erdo‘g‘an turk harbiylari "Rossiya bilan qo‘shma tinchlikparvarlik missiyasida" ishtirok etishini aytgan, ammo Moskva uning so‘zlarini rad etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!