Emlanmaganlarni cheklashni taklif qilgan Alisher Qodirov vaksina oldi

Emlanmaganlarni cheklashni taklif qilgan Alisher Qodirov vaksina oldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov emlandi.

"Vaksinaning ikkinchi dozasini ham qabul qildim.

Emlanmaganlar o‘z sog‘ligini xavfga qo‘yish bilan bir qatorda virus tarqatuvchi hamdir.

20 kundan keyin, kamida 2 yil davomida hech kimga virus men orqali yuqmaydi. Bu meni xotirjam qilmoqda…

Hozirgi sharoitda vaksina o‘zimizni va boshqalarni himoya qilish uchun yagona chora", deb yozadi u telegramdagi sahifasida.

Avvalroq Qodirov emlanmaganlarning imkoniyatlarini cheklash kerakligi haqida fikr bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!