Eldor Shomurodov Bundesligaga o‘tishga yaqin turibdi

Eldor Shomurodov Bundesligaga o‘tishga yaqin turibdi

O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Germaniya chempionatiga o‘tishga yaqin. Bu haqida Olamsport.com internet sayti yozmoqda. 

Xabarda sayt xodimi Eldor Shomurodovning agenti bilan gaplashganini bayon qildi.

"Biroz avval Eldor Shomurodovning agenti bilan gaplashdim va undan qandaydir yangilik so‘radim.

Agar Rossiya premyer-ligasining bu yilgi mavsumi muddatdan avval tugatilsa, Shomurodov klubdan ketishi 100 foiz aniq. Agar Rossiya chempionati davom ettirilsa o‘z-o‘zidan Eldor "Rostov"da o‘ynaydi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashhur hujumchisiga Germaniya, Ispaniya va Italiya klublaridan jiddiy qiziqish bor. Kelishuvga ko‘ra, klublar nomi oshkor etilmaydi. Eldor va uning agenti uchun hozirda birinchi o‘rinda Germaniya klubining taklifi turibdi. Undan keyin Ispaniya, so‘ngra Italiya klubi takliflari o‘rganilmoqda", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!