Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston Livanni yuta olmadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston Livanni yuta olmadi

15 noyabr, payshanba kuni Avstraliyaning Brisben shahrida O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Tomonlar har ikkala bo‘limda ham gol ura olmadi. O‘zbekiston terma jamoasi 61-daqiqada Davron Hoshimovning qizil kartochkasi sabab maydonda bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa Ektor Kuper O‘zbekiston termasi bilan ikkinchi durangiga erishdi. Kuper boshchilgidagi O‘zbekiston dastlab sentyabr oyida Suriya bilan durang — 1:1, Eronga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat — 0:1 qayd etgandi. Oktyabrdagi ikki o‘rtoqlik o‘yinida esa KXDR va Qatar termalari bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etilgandi.

Endi O‘zbekiston 20 noyabr sanasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yini

15 noyabr, payshanba

O‘zbekiston — Livan 0:0

Chetlatish: Davron Hoshimov 61.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!