DXX: 626 kg giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi (FOTO)

DXX: 626 kg giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi (FOTO)

Bugun 626 kg 981 gr. giyohvandlik vositalari, shu jumladan 4 kg 96 gr. geroin, 127 kg 154 gr. opiy, 25 kg 426 gr. gashish, 266 kg 35 gr. marixuana, 105 kg 511 gr. ko‘knor, 97 kg 209 gr. kannabis, 1 kg 543 gr. sintetik narkotik vositalari hamda turli xildagi psixotrop va psixofaol moddalar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Bu haqda bugun Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan “26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” kuni munosabati bilan hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi Raisi tomonidan tasdiqlangan “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbirda aytib o‘tildi.

DXX: 626 kg giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi (FOTO)DXX: 626 kg giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi (FOTO)DXX: 626 kg giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi (FOTO)

Giyohvand moddalar savdosi dunyo hamjamiyati oldida turgan global muammolardan biri sanaladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi ko‘rsatkichlari bevosita Afg‘onistonda narkotiklar yetishtirish hajmining kamaymayotganligi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi afg‘on giyohvand moddalarini «shimoliy yo‘nalish» bo‘yicha olib chiqish tranzit yo‘lida joylashganligi bois, mamlakatimizda musodara qilinayotgan giyohvand moddalar bevosita Afg‘onistondan, shuningdek, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali kontrabanda yo‘li bilan olib kirilmoqda.

Xususan, 2019 yilda DXX idoralari tomonidan giyohvand moddalar bilan bog‘liq 330 dan ortiq jinoyat aniqlanib, 377 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Shuningdek, giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan qariyb 336 ming dona “Tramadol” tabletkasi hamda 40 ming donadan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop va psixofaol dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Respublikamizda qo‘llanib kelinayotgan tajribaga tayangan holda, sud idoralarida ashyoviy dalil sifatida o‘tgan narkotik vositalar, hukm kuchga kirgandan so‘ng, respublikamizning vakolatli  idoralari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik  vakillari ishtirokida, maxsus pechlarda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!