Dilorom Toshmuhammedova «Oila» markazi direktori lavozimidan ozod qilindi

Dilorom Toshmuhammedova «Oila» markazi direktori lavozimidan ozod qilindi

O‘zA xabariga ko‘ra, 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5325-sonli farmoniga muvofiq tashkil etilgandi.

Markaz oila sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, oila, reproduktiv salomatlik va demografik rivojlanish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar o‘tkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlashga doir takliflar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish hamda samarali metodik va amaliy yordam, maslahatlar berish, oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish, oila va nikoh sohasida xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish asosiy vazifalari sanaladi.

2018 yilning sentyabr oyida Dilorom Toshmuhammedova ushbu markaz direktoriga aylangandi.

Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bo‘lgan. Ma’lumoti bo‘yicha shifokor. 1984 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!