Dana Uayt barcha davrlarning uch nafar eng yaxshi jangchisini aytdi. Ular...

Dana Uayt barcha davrlarning uch nafar eng yaxshi jangchisini aytdi. Ular...

Dunyoning eng katta promousheni prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurash tarixidagi eng yaxshi uch jangchi kim degan savolga javob berdi.

"Men bu uchlikka Anderson Silva, Jorj Sent-Pyerr va Jon Jonsni kiritaman. Bu trioga Kamaru Usman yaqinlashib kelyapti", - dedi UFC rahbari The Dave Portnoy Show podkastining navbatdagi soni efirida.

Dana Uayt tomonidan tilga olingan Anderson Silva va Jorj Sent-Pyerr allaqachon o‘z faoliyatlarini yakunlashgan. 46 yoshli braziliyalik hozirda professional boksda o‘zini sinab ko‘ryapti. Jon Jons esa shu yil UFC og‘ir divizionida debyut qilishi mumkin. U katta ehtimol bilan Frensis Ngannu - Siril Gan chempionlik jangi g‘olibi bilan oktagonda to‘qnash keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!