Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Kuniga atiga bir piyola choy ichish yurak-qon tomir kasallik xavfini oldini oladi. G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishgan.

Live Science nashri ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar 23 yil davom etgan va 53 ming nafar odam ishtirok etgan tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ulardan taxminan 12 mingtasi yurak kasalligiga chalingan edi.

Ekspertlar ishtirokchilarning ovqatlanish tartibini o‘rganib chiqib, tarkibida 500 milligrammgacha flavonoid moddasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish yurak ishemik kasalligi, insult, sirtqi arteriya xastaligi paydo bo‘lishi va rivojlanishidan himoya qiladi degan xulosa kelishdi. Ushbu elementning yallig‘lanishga qarshi xususiyati borligi sabab bo‘lishi mumkin.

Shuncha miqdordagi flavonoidlar – 500 milligramm – masalan, bir chashka choy tarkibida ham bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!