Chegarani buzayotgan bir guruh shaxslar va "O‘zbekiston bayrog‘i": vaziyatga aniqlik kiritildi (VIDEO)

Chegarani buzayotgan bir guruh shaxslar va "O‘zbekiston bayrog‘i": vaziyatga aniqlik kiritildi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida tarqatilayotgan go‘yoki o‘zbek chegarasida bo‘lgan holat deb tarqatilayotgan videomaterialda bir guruh shaxslar to‘siq sim tikanlarni buzishga harakat qilayotgani va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga o‘xshash bayroqni aks etgan holat tasvirlangan.

Chegarani buzayotgan bir guruh shaxslar va "O‘zbekiston bayrog‘i": vaziyatga aniqlik kiritildi (VIDEO)

Aslida mazkur videomaterialda 2020 yil 15 avgust sanasida Boshqirdistondagi Kushtau tog‘ida ishlab chiqarish zonasi tashkil qilinishiga qarshi chiqqan norozilik aksiyasi ishtirokchilari va xususiy qo‘riqlash tashkiloti xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuv aks etgan.


O‘zbekiston va Boshqirdiston bayroqlari ranglari bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi bois, mazkur holat internet foydalanuvchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!