Charlz III vazifasini bajarishga qaytmoqda

Charlz III vazifasini bajarishga qaytmoqda

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III kelasi haftadan davlat vazifalarini davom ettirishga kirishadi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Buyuk Britaniya qirolining “davolanish va sog‘ayish davri” yakunlangan. Endilikda u o‘zining vazifalarini bekam-u ko‘st ado eta oladi. Bu haqda Bukingem saroyidagi manbalar xabar bergan.

Bukingem saroyi xabariga ko‘ra, qirol so‘nggi ikki oy mobaynida saraton kasalligidan davolanayotgan bo‘lgan. Muolajalar yaxshi tugab, Charlz III ga ruxsat berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!