Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat tufayli Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi rasmiy portalida Birlashgan Qirollik hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolarining vizalarini uzaytirish bo‘yicha yangi qoidalarni joylashtirdi.

Sayohat cheklovlari tufayli Buyuk Britaniyani tark eta olmayotgan va mamlakatda qolish uchun ruxsatnoma muddatlari tugayotgan O‘zbekiston fuqarolarining vizalari 2020 yil 31 mayga qadar uzaytiriladi.

Buning uchun Buyuk Britaniya Immigrasiya xizmati bilan CIH@homeoffice.gov.uk elektron pochtasi orqali bog‘lanib, o‘zingiz haqingizda zarur ma’lumotlarni (to‘liq ismingiz, fuqaroligingiz, oldingi vizangiz raqami) berishingiz hamda mazkur mamlakatdan hozirda chiqib keta olmayotganiningizni sababini qisqacha tushuntirib berishingiz kerak.

Shuningdek, 31 mayga qadar Buyuk Britaniyani tark etmasdan turib mazkur davlatda uzoq muddatli yashash ruxsatnomasini olish uchun onlayn murojaat etishingiz ham mumkin. Bunday holda, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi o‘zgarmaydi va standart to‘lovni amalga oshirish talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 0800 678 1767 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin/

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!