Buxoroda ayol kishi o‘g‘rilik sodir etdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Buxoroda ayol kishi o‘g‘rilik sodir etdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

2020 yil 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi soat 03:00 da 21 yoshli S.X. (ayol) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro tumani “Udo‘gri” mahallasida joylashgan 35 yoshli G.K., ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan  1.900.000 so‘m va 2.600 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiligan. Tergov harakatlari jarayonida S.X. IIB binosiga olib kelingan va uning yonidan ashyoviy dallilar sifatida 900 AQSh dollari va 2.260.000 so‘m pullar rasmiylashtirilib olingan, S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!