Britaniyada o‘g‘liga Adolf deb ism qo‘ygan ota-ona sud qilindi

Britaniyada o‘g‘liga Adolf deb ism qo‘ygan ota-ona sud qilindi

Buyuk britaniyalik er-xotin o‘g‘liga Adolf deb ism qo‘ygach, neonasistlar guruhiga a’zolikda aybdor deb topildi, deb yozadi Sputnik.

Sud qarorida aytilishicha, 22 yoshli Adam Tomas va 38 yoshli Klaudiya Patatas Gitlerni madh etuvchi xabarlarni tarqatgan va «Ku-Kluks-Klan» irqchilik tashkiloti kiyimida, shuningdek, svastika (fashistlar ramzi) tushirilgan bayroq fonida suratga tushgan.

Juftlik internet orqali 2016 yil noyabrda tanishgan, keyinroq esa o‘zlarining farzandiga Adolf Gitlerga tan berishlari tufayli, Adolf deb ism qo‘yganini ma’lum qilgan.

Birmingem sudi er-xotinni Buyuk Britaniyada 2016 yilda taqiqlangan National Action neonasistlar tashkilotiga a’zolikda aybdor deb topdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!